Uzbekistan
Spotters
Team
Visit Uzbekistan

Oʻzbekiston, spotting, Oʻzbekiston spottingi, aviatsiya, foto, fotosurat, vertolyotlar, samolyotlar, reaktivlar, aeroport, Toshkent, Oʻzbekiston, Toshkent, spotting, aviaspotting, aviatsiya, UST

Sample image by Uzbekistan Spotters Team's member

Aviatsiya paydo bo‘lgan kundan boshlab inson doimo osmonga — uchib ketayotgan samolyotlar ortidan termulib kelgan. Qanday samolyot bo‘lmasin, u o‘zining ko‘rinishi, tovushi va jozibadorligi bilan minglab nigohlarni o‘ziga tortgan. Aviatsiya dunyoga kelganiga bir asrdan oshgan bo‘lsa-da, hanuzgacha odamlar samolyot tovushini eshitsalar, beixtiyor osmonga qaraydilar. Ba’zi insonlar bu “temir qush”larni shu darajada ixlos bilan sevadilarki, samolyotlarni tomosha qilishni hayotlarining bir qismiga aylantirishgan: kimlar uchun bu hobbi bo‘lsa, boshqalar uchun esa professional faoliyatdir. Bunday insonlar spotterlar, (spotter) ushbu faoliyat esa spotting deb ataladi.

Plane spotting — ya’ni samolyotlarni kuzatish va ularni suratga olish. Ikkinchi jahon urushi davrida Buyuk Britaniyada alohida harbiy-professional kasb sifatida joriy etilgan. O‘sha paytdagi spotterlar Londonni bombardimon qilish maqsadida uchib kelayotgan Germaniya harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlarni aniqlab, Britaniya harbiy havo qo‘mondonligiga tezkor xabar berishlari lozim bo‘lgan. Urush tugagach esa spotting oddiy fuqarolar, ayniqsa yoshlar orasida juda ommabop hobbi turiga aylangan.

Bugungi kunda spotting butun dunyo bo‘ylab katta uyushmaga ega. Ayrim hollarda u ommaviy axborot vositalari faoliyatiga deyarli teng ko‘riladi. Dunyoning yetakchi aviakompaniyalari, aeroportlari va harbiy havo kuchlari spotterlar xizmatidan foydalanadilar. Spotting katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, buni O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Sample image

2022-yil 26-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №43-sonli “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Ushbu sana O‘zbekistonda spotting harakatining rasmiy tug‘ilgan kuni, deb hisoblashga to‘liq asos bor. Mazkur qaror qabul qilinganidan so‘ng, avvalo Toshkent xalqaro aeroportida, keyinchalik esa boshqa viloyat aeroportlarida ham rasmiy spotting tadbirlari o‘tkazila boshlandi. Agar besh yil avval spotterlar soni bor-yo‘g‘i 20 nafardan oshmagan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni taxminan 200 nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, spotting rasmiy maqomga ega bo‘lganidan so‘ng, O‘zbekiston aviakompaniyalari samolyotlarini suratga olish maqsadida AQSh, Germaniya, Fransiya, Braziliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko‘plab davlatlardan spotterlar mamlakatimizga tashrif buyurishdi. Spotting nafaqat o‘sib kelayotgan yosh avlodni yangi kasb va qiziqishlarga jalb qildi, balki O‘zbekistonning turistik salohiyatini oshirishga ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Sample image

2019-yil O‘zbekistonda Uzbekistan Spotters Team hamjamiyati tuzildi. Ishtirokchilari, aviatsiyaning chinakam ishqibozlari va go‘zallikni qadrlovchi insonlar sifatida, spotting osmon va samolyotlar (hamda boshqa turdagi havo kemalari) go‘zalligidan bahramand bo‘lishni istagan keng jamoatchilik uchun ochiq va qulay bo‘lishi kerak, degan g‘oyaga amal qiladilar. Ular ushbu ajoyib hobbi, ayniqsa yoshlar orasida, keng tarqalishiga ko‘maklashishga intiladilar.

Biz O‘zbekiston aviatsiyasining, garchi kichik bo‘lsa-da, bir qismi ekanimizdan faxrlanamiz va hobbi faoliyatimizni qo‘llab-quvvatlaganlari, tushunishlari hamda samimiy munosabatlari uchun aeroportlar, aviakompaniyalar, havo harakatini boshqarish organlari, O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari vakillari, aviatsiya ishqibozlari va barcha befarq bo‘lmagan insonlarga minnatdorchilik bildiramiz. Ana shunday insonlar tufayli 2021-yildan buyon Toshkent shahrida rasmiy spotting tadbirlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarda nafaqat hamjamiyatimiz a’zolari, balki xorijiy hamkasblarimiz ham ishtirok etib kelmoqda. 2022-yildan boshlab bu tashabbusni hududiy aeroportlar ham davom ettirdilar: avval Samarqand, so‘ng Farg‘ona va Namangan aeroportlari. Bugungi kunda O‘zbekistonning deyarli barcha aviakompaniyalari hamjamiyat ishtirokchilarini OAV vakillari bilan teng ravishda muhim voqealarni yoritishga ishtirok etismoqda. Hamjamiyat vakillari xorijdagi tadbirlarda ham faol ishtirok etib, chet ellik hamkasblar bilan yaqin hamkorlik va do‘stona aloqalarni rivojlantirib kelmoqdalar.

Hamjamiyatimizning eng yosh ishtirokchilari orasida eng kichigi 9 yoshda. Ular 2022-yilda I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan kuzgi rasmiy spotting tadbiri davomida post-sovet hududida ilk bor bunday darajadagi tadbirlarga rasman taklif etilgan voyaga yetmagan spotterlar bo‘lishdi.

Uzbekistan Spotters Team hamjamiyati aviatsiya fotosuratlariga qiziqqan barcha insonlar uchun ochiq bo‘lib, professional mutaxassislar va havaskorlarni birlashtirish, sevimli mashg‘ulotni yanada rivojlantirish va ommalashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.