Uzbekistan
Spotters
Team
Visit Uzbekistan

Bizning yangiliklar

Bizning yangiliklar

Toshkentda yangi mintaqaviy aviakompaniya Silk Avia uchun birinchi bort kutib olindi

Toshkentda yangi mintaqaviy aviakompaniya Silk Avia uchun birinchi bort kutib olindi


Toshkentda yangi mintaqaviy aviakompaniya Silk Avia uchun birinchi bort kutib olindi

2023 yil 21 mart kuni soat 8:24 da Toshkent aeroportiga yangi o‘zbek aviakompaniyasi SilkAvia uchun mo‘ljallangan uchta ATR 72-600 samolyotining birinchisi qo‘ndi.

An’anaga ko‘ra, havo kemasi tantanali ravishda suv arkalari bilan kutib olindi, ekipaj esa milliy cholg‘u asboblari sadolari ostida gullar bilan qarshi olindi. Ushbu sana munosabati bilan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi va tadbir milliy shirinliklar bilan nishonlandi.

Bortning maksimal balandligi (7600 m) va masofasi (1500 km) inobatga olinib, Bangkokdan Toshkentga yo‘lda oltita oraliq qo‘nish amalga oshirildi — Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjonda.

SilkAvia aviakompaniyasidagi yangi do‘stlarimizga omad va ravnaq tilaymiz!

Toshkentda yangi mintaqaviy aviakompaniya Silk Avia uchun birinchi bort kutib olindi

Raskryt

Toshkentda yangi mintaqaviy aviakompaniya Silk Avia uchun birinchi bort kutib olindi

Toshkentda yangi mintaqaviy aviakompaniya Silk Avia uchun birinchi bort kutib olindi

Toshkentda yangi mintaqaviy aviakompaniya Silk Avia uchun birinchi bort kutib olindi



LOT reysini kutib olish

LOT reysini kutib olish


LOT reysini kutib olish

2023 yil 21 mart kuni soat 18:10 da Toshkent aeroportiga LOT aviakompaniyasining ✈️ Boeing 787-8 Dreamliner “Franek” SP-LRF borti qo‘ndi.

Samolyot an’anaga ko‘ra suv arkalari bilan kutib olindi, ekipaj va yo‘lovchilar esa milliy musiqa sadolari ostida gullar bilan qarshi olindi.

LOT reysini kutib olish

Dastlabki bosqichda Varshava va Toshkent o‘rtasida har 10 kunda parvozlar amalga oshirilishi, keyinchalik esa ularning soni oshirilishi rejalashtirilgan.

Tadbirni tashkil etgani va taklif qilgani uchun Toshkent xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga minnatdorchilik bildiramaniz.

LOT reysini kutib olish

Raskryt

LOT reysini kutib olish

LOT reysini kutib olish

LOT reysini kutib olish



Embraer KC-390 Toshkentda

Embraer KC-390 Toshkentda


Embraer KC-390 Toshkentda

Bugun Toshkentda spotterlar uchun qiziqarli mehmon — Braziliya Havo Kuchlarining Embraer KC-390 samolyoti suratga olindi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bort O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyatiga ushbu turdagi samolyotni taqdim etish maqsadida demonstrator sifatida kelgan.



Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi

Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi


Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi

“Qeshm Air”🇮🇷 aviakompaniyasi Tehron🇮🇷–Toshkent🇺🇿–Almata🇰🇿–Tehron🇮🇷 yo‘nalishida QB2179 muntazam reyslarini bajara boshladi. E’lon qilingan havo kemasi turi — Airbus A320.

Inauguratsion reys Airbus A300-600, bort raqami EP-FQMda bajarildi. Ikki soatlik kechikishga qaramay, Toshkentda bort an’anaviy tarzda suv arkasida va mehmondo‘stlik bilan taklif qilingan spotterlar tomonidan kutib olindi. Buning uchun Aeroport matbuot xizmatiga katta rahmat.

Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi

Raskryt

Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi

Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi

Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi

Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi

Qeshm Air AK muntazam parvozlarni boshladi



O‘zbekistonda yangi aviakompaniya paydo bo‘ldi — Panorama Airways

O‘zbekistonda yangi aviakompaniya paydo bo‘ldi — Panorama Airways


O‘zbekistonda yangi aviakompaniya paydo bo‘ldi — Panorama Airways

2022 yil 22 dekabr kuni soat 21:43 da “Panorama Airways”🇺🇿 aviakompaniyasi A320 UK32050 bortida 5P11 birinchi muntazam reysini Toshkent🇺🇿 – Urganch🇺🇿 yo‘nalishida amalga oshirdi.

Hozirda aviakompaniya Toshkentdan O‘zbekiston bo‘ylab — Urganch, Buxoro, Samarqand yo‘nalishlarida hamda Moskva (SVO)🇷🇺ga muntazam reyslar bajaradi.

Kompaniya flotida ikkita klassli konfiguratsiyaga ega uchta A320 mavjud, shuningdek xalqaro parvozlarni amalga oshirish uchun Boeing 777 kabi keng fyuzelyajli layner xarid qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda yangi aviakompaniya paydo bo‘ldi — Panorama Airways

Raskryt

O‘zbekistonda yangi aviakompaniya paydo bo‘ldi — Panorama Airways

O‘zbekistonda yangi aviakompaniya paydo bo‘ldi — Panorama Airways

O‘zbekistonda yangi aviakompaniya paydo bo‘ldi — Panorama Airways

O‘zbekistonda yangi aviakompaniya paydo bo‘ldi — Panorama Airways



Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi


Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

2022 yil 27 noyabr kuni Toshkent aeroportida uchinchi rasmiy va shu yilning ikkinchi spotting tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston🇺🇿, Rossiya🇷🇺, Belarus🇧🇾 va Braziliya🇧🇷 dan taxminan 30 nafar spotter ishtirok etdi.

A’lo darajada tashkil etilgani tufayli (oldingi tadbirlardan kelib chiqib puxta tanlangan joylar, yangi va spotterlar uchun qiziqarli nuqtalarni barcha xizmatlar bilan “uchish jarayonida” tezkor kelishib olish, tadbirning barcha uchish-qo‘nish jadvali bilan oldindan berilgan rejasi, mazali palov va albatta, butun dunyoga mashhur o‘zbekona mehmondo‘stlik va samimiyat) eng kichik spotterlar (10–12 yosh) ham ertalab soat 8 dan sevimli mashg‘ulotiga sho‘ng‘ib, qorong‘u tushganidan keyin ham qolishga tayyor edilar...

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi
Raskryt

Spotterlar quvonchi uchun, SalamAir🇴🇲 borti bizni tashrifi bilan siyladi — u qo‘nish aeroporti bo‘lgan O‘sh (Qirg‘iziston🇰🇬)ga qo‘na olmagach, Toshkentga zaxira aerodrom sifatida yo‘nalgan edi.

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Aeroportning barcha xodimlariga, avvalo matbuot xizmatiga, chiroyli samolyotlar yonida kulib turgan va mamnun hamkasb-aviatsiya muxlislarini ko‘rish imkoniyati uchun, yana sevimli aeroport hayotining o‘ziga xos sokin harakatlariga sho‘ng‘ish imkonini bergani uchun, ajoyib insonlar bilan tanishtirgani uchun va albatta, samimiy va iliq qabulingiz uchun ulkan rahmat!



“Aviya-spottingni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish choralari to‘g‘risida” qarorning qabul qilinishi

“Aviya-spottingni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish choralari to‘g‘risida” qarorning qabul qilinishi


2022 yil 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Aviya-spottingni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish choralari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi, u mamlakatimizda sevimli mashg‘ulotimiz rivojiga ulkan turtki berdi.

Uzbekistan Spotters Team an’anaviy iliq kutib olish va tadbirni a’lo darajada tashkil etgani uchun Aeroport matbuot xizmatiga chin dildan minnatdorlik bildiradi!



Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi


Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Uzbekistan Airports kompaniyasi Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spottingni tashkil etdi. Tadbir 22 oktabr kuni tongda bo‘lib o‘tdi. Samolyot va vertolyotlarni suratga olishda 15 nafar spotter va aviatsiyaga oid bloglar mualliflari ishtirok etdi. Gazeta.uz' mamlakat tarixida birinchi rasmiy spotting haqida hikoya qiladi.

Poytaxt aeroportida spotting o‘tkazish g‘oyasi Gazeta.uzda aviatsiya texnikasi havaskorlari haqidagi Samolyotlar parvozini yuz yil bo‘lsa ham kuzatardim maqolasi e’lon qilinganidan keyin paydo bo‘ldi, — dedi Uzbekistan Airports matbuot kotibi Yevgeniya Grande. Mazkur maqola qahramonlari ko‘p yillar davomida shunday imkoniyatni kutishgan edi.

Mazkur hodisa, ehtimol, ancha oldin sodir bo‘lishi kerak edi. Ammo ko‘p holatlar tufayli aeroport jurnalistlar, bloggerlar va, albatta, spotterlar uchun yopiq inshoot edi. Ammo hamma narsa o‘zgarmoqda. Menga birinchi marta O‘zbekistonda rasmiy spotting o‘tkazishni taklif qilishganda, nega bo‘lmasin ekan, dedim. Bu barcha xavfsizlik choralariga amal qilish bilan mumkin. Bu butun dunyoda odatiy amaliyot. Bu odamlar aviatsiyani uchuvchilardan kam sevmaydilar va ular aeroportlarimizda istalgan mehmonlardan bo‘lishlari kerak, — dedi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

Raskryt

Tadbir spotterlar uchun shu qadar muhim bo‘lib chiqdiki, tadbir arafasida o‘zbekistonlik eng mashhur aviafotograf va spotting yulduzi Sardor Durumov (UzbekSpotter Telegram-kanali) Sankt-Peterburgdan uchib keldi.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Sardor Durumov.

Ishtirokchilar yig‘ilishi ertalab soat 5 da boshlandi. Barcha potterlar aeroportga vaqtinchalik kirish ruxsatnomasini oldilar. Biroq aeroport xizmatlari va strategik obyektni qo‘riqlash uchun mas’ul idoralar o‘rtasida muvofiqlashtirish yetishmasligi sababli spotterlar nazorat-o‘tkazish punktida ushlanib qoldilar bir nechta reyslarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldilar.

Bunday turdagi tadbirlar uchun byurokratiyani bartaraf etish kerak, lekin bu birinchi spotting ekanligini hisobga olsak, umid qilamanki, kelajakda hammasi yaxshi bo‘ladi, — deydi spoter Eldar Xayrulov.

Biroq, spotterlarning fikriga ko‘ra, byurokratiya tadbirning yagona kamchiligi edi. Hatto sovuq havo va aeroport hududida yaxshigina esib turgan shamol ham ishtirokchilarning kayfiyatini buzmadi. Sankt-Peterburgning ayozli shamollariga ko‘nikkan Sardor Durumovni hisobga olmaganda, ularning aksariyati sovuq qotishdi ham.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: Sardor Durumov.

Spotterlar aeroportning uchib ketish va uchib kelish zallari, turli aviakompaniyalar samolyotlarining uchishi va qo‘nishi, perron, xizmat ko‘rsatish texnikalari, bagaj tizimini tasvirga olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, mehmonlar uchun yaqin kunlarda ochilishi utilayotgan yangi uchish zali bo‘ylab ham ekskursiya tashkil etildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Havo bandargohi hududi bo‘ylab harakatlanish uchun ma’muriyat potterlarga alohida avtobus ajratdi. Har bir nuqtada suratga olish ishlari yakunlanar ekan, ishtirokchilar bolalikdagi eng ezgu orzusi ro‘yobga chiqqandek, yuzlarida sirli tabassum bilan transportga o‘tirdilar.

Taassurotlar — ajoyibb! — xursand bo‘ldi Asqar Turanazarov. — Bolalikdan ushbu ishtiyoq bilan ulg‘aygan hamda haligacha samolyot va vertolyotlarni ko‘rganda yoki ovozini eshitganda ularga mahliyo bo‘ladigan aviatsiya ishqibozi sifatida aytishim mumkinki, bugungi tadbir shunchaki ajoyib bo‘ldi. Aeroportga yetib kelish, samolyotlarning uchish va qo‘nishlarini perrondan kuzatish — ajoyib narsa. Yevgeniyaning (Uzbekistan Airports matbuot kotibi) avvaldanoq tadbirni spotterlar va bizning fikrimizga qarab tashkil etgani, tasvirga olish nuqtalarini biz tanlashimizga harakat qilgani eng ko‘p yoqdi. Va u buni juda yaxshi amalga oshira oldi.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: Asqar Turanazarov, Aerospace Lad Telegram-kanali muallifi.

Ishtirokchilar, shuningdek, yorug‘lik bo‘yicha ham omadi kelganini ta’kidladilar. Payshanba kuni yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan qolgan bulutlar ertalab tarqalib ketdi. Quyosh nurlari bulutlar orasidan o‘tib, tog‘larning qor bilan qoplangan tepalarini oltin nur bilan yoritdi. Tong osmoni fonida samolyotlar osmonga ko‘tarilar, uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nardi.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: Roman Valiyev.

Spotter Sarvar Haydarov ushbu tadbir aeroport uchun ham, spotterlar uchun ham muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi. Bu faoliyat butun dunyoda, jumladan, MDHda ham tobora ommalashib bormoqda. Spotterlar bunday tadbirlar o‘tkaziladigan mamlakatlar va shaharlarning tan olinishiga katta hissa qo‘shadi va turizmning rivojlanishiga hissa qo‘shadi, deya qo‘shimcha qildi u.

Muhtaram prezidentimiz mamlakatimizda turizmni rivojlantirish muhimligini bir necha bor ta’kidladilar. Ko‘plab mashhur xorijlik spotchilar O‘zbekistonga tashrif buyurishni va bunday tadbirlarda qatnashishni xohlashadi. Endilikda, spottingga rasmiy start berilgan ekan, umid qilamanki, ularning ko‘plari mamlakatimizga tashrif buyurib, o‘z hissalarini qo‘sha oladilar, — dedi Sarvar Haydarov.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: in4avia Telegram-kanali.

Ushbu tadbirning ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi, chunki bu mamlakatimiz uchun birinchi bunday tajribadir! Ilgari biz — mahalliy spotterlar va oddiy aviatsiya ishqibozlari — aeroport chegaralarida samolyotlarni yashirincha kuzatish va suratga olishga to‘g‘ri kelardi. Xavfsizlik choralarining gipertrofiyasi tufaylimi yoki vatandoshlarimizning kamerali odamlarga nisbatan noroziligi va ehtiyotkorligi tufayli, aeroport perimetrida kamerani tutgancha ochiq ko‘rina olmasdik. Bugun esa mamlakatimiz uchun tengi yo‘q misolni ko‘rdik, ular spotterlarga shunchaki e’tibor bermay, ularni hududga taklif qilishdi, ularni deyarli uchish-qo‘nish yo‘lagining o‘ziga qo‘yib yuborishdi! Ilgari ular bunday narsani orzu ham qilmagan edilar, — deydi spotter Iskandar Sharafov.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: Iskandar Sharafov.

Men uchun mazkur voqeaning birinchi navbatdagi muhimligi shundaki, nihoyatda konservativ va yopiq tashkilotlar hozir ochiq va do‘stona bo‘lish barchaga yopiq bo‘lishdan ko‘ra ancha qulayroq va foydaliroq ekanini anglab yetmoqda. Ikkinchidan, boshqa davlatlardagi hamkasblarimizdangina o‘qiy olganimiz tadbirda qatnasha olganimiz vajidan muhim, — dedi Anton Yakunin.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Surat: Anton Yakunin.

Uzbekistan Airports matbuot kotibi Yevgeniya Grande bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Shuning uchun bo‘lib o‘tgan spotting kuzgisi deb ataldi. Aeroport ma’muriyati, shuningdek, fotobankni to‘ldirishga umid qilmoqda — bu aviaspotting dunyosida o‘zaro manfaatli odatiy amaliyotdir: aviakompaniyalar va aeroportlar chiroyli suratlarni qo‘lga kiritishadi, spotterlar esa o‘zlari yoqtirgan ish bilan shug‘ullanadilar.

Xorijiy aeroportlar spotterlarga kirish ochiq va parvoz hududi ko‘rinib turgan maxsus maydonchalar, press-turlar va ochiq eshiklar kunlarini taklif qiladilar. Buning evaziga aeroportlar yaxshi PR va ko‘plab sifatli kontentga ega bo‘ladi. Aeroportlarimizda ham vaqt o‘tishi bilan spotterlarning ehtiyojlari va zarur xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda shunga o‘xshash maydonchalar paydo bo‘lishini juda xohlardik, dedi Iskandar Sharafov.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: Muxitdin Ishanxodjayev.

Kompaniya matbuot kotibining fikricha, olingan suratlar kelajakda vaqtinchalik ko‘rgazma sifatida aeroport binosida ham namoyish etilishi mumkin. Shu tariqa aeroport o‘zining ochiqligini ko‘rsata oladi.

Tashkilotchilar qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi, buning uchun ularga katta rahmat. Shubhasiz, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, ammo ishonchim komilki, biz bu harakatni rivojlantira olamiz. Birgalikda mehnat qilib, yuksak marralarni zabt etishimiz va mamlakat aviatsiya sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shishimiz mumkin, — dedi Sarvar Haydarov.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: Ravshan Xamidov / AviaAlertsUZ.

Aviatsiya ixlosmandlari mamlakatning boshqa aeroportlarida spotting o‘tkazish va spotterlarni o‘z hududiga kiritish tartibini soddalashtirishga umid bildirdi. Ularning fikricha, ko‘plab mamlakatlarda bu jarayonlar tezroq amalga oshiriladi. Ularni soddalashtirishning iloji bo‘lmagan hollarda, muhofaza qilinadigan obyekt hududidan tashqarida spotting uchun sharoitlar yaratiladi.

Aeroport xavfsizligi va huquq-tartibot idoralari darajasida [aeroport chegaralari yaqinida tasvirga olish] hali ham yoqmaydi. Bundan tashqari, aeroport ichida spotting uchun bir yoki ikkita nuqta bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Aytaylik, terminal ichida, — dedi Asqar Turanazarov.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: Asqar Turanazarov, Aerospace Lad Telegram-kanali muallifi.

Jarayonlarning o‘zini soddalashtirish mumkin, zero bu aeroportning ichki „oshxonasi“. Dunyoning yetakchi aeroportlarida tashkil etilganidek, aeroport chegaralaridan tashqarida ham spotting uchun maydonchalarni tashkil qilish orqali sharoit yaratish mumkin. Ko‘p narsalarni o‘ylab topish mumkin. Asosiysi, buni rahbariyatga isbotlash istagi va imkoniyati bor, — deya qo‘shimcha qildi Eldar Xayrulov.

Toshkent aeroportida birinchi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Foto: Muxitdin Ishanxodjayev.

Biz ishonamiz va umid qilamizki, kelgusida spottingga qiziquvchilar soni ortishi bilan umuman jamiyat, xususan, aeroportlar rahbariyati bu xobbining bezarar ekanligini tushuna boshlaydi, — deydi spotter Iskandar Sharafov.

Foto: Muxitdin Ishanxodjayev.

Данный материал был подготовлен нашими друзьями и коллегами из Gazeta.uz


Jetphotos.com saytida guruh yaratildi

Jetphotos.com saytida guruh yaratildi


Jetphotos saytida Uzbekistan Spotters Team guruhi yaratildi.



AviaSpotter guruhi chati ochildi

AviaSpotter guruhi chati ochildi


Bu kuni AviaSpotter telegram-guruhi uchun chat quyidagi xabar bilan ochilgan edi:

Aziz do‘stlar!
Endi guruhimizning o‘z chati bor. Savol berish yoki nimanidir muhokama qilishni istaganlar “Muhokama qilish” tugmasi orqali qo‘shilishi mumkin.
Xush kelibsiz!